Mossack Fonseca asoschisi Panamada vafot etdi

Mossack Fonseca asoschisi Panamada vafot etdi

Panamada «Panama hujjatlari» mojarosining markazida bo‘lgan Mossack Fonseca yuridik firmasi asoschisi, huquqshunos Ramon Fonseka vafot etdi. Bu haqda Panama Milliy advokatlar assosiasiyasi 9 may, payshanba kuni xabar berdi.

Fonsekaning advokatiga ko‘ra, huquqshunos Panama kasalxonasida pul yuvish ishi bo‘yicha hukmni kutayotgan vaqtda vafot etgan. Himoyachining so‘zlariga ko‘ra, u 8 aprel kuni boshlangan sud majlisida aynan sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli ishtirok etmagan.

Prokuratura Ramon Fonseka, shuningdek, uning sobiq biznes sherigi, germaniyalik Yurgen Mossakni 12 yilga ozodlikdan mahrum etishni talab qildi.

2009 yildan 2014 yilgacha hokimiyatda bo‘lgan Panamaning sobiq prezidenti Rikardo Martinelli 71 yoshli Fonsekaning o‘limi munosabati bilan u «shafqatsiz ta’qiblar» qurboni bo‘lganini aytdi. «Buyuk inson, huquqshunos, yozuvchi va siyosatchi», - deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Pul yuvish ishi bo‘yicha hukm iyun oyi boshidan kechiktirmay e’lon qilinishi kutilmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!