OAV: Si Szinpin Yevropaga tashrifi chog‘ida Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasida ziddiyat keltirib chiqarishga urindi

OAV: Si Szinpin Yevropaga tashrifi chog‘ida Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasida ziddiyat keltirib chiqarishga urindi

Xitoy yetakchisi Si Szinpin Yevropaga tashrifi chog‘ida qit’ada siyosiy bo‘linishni, AQSh va Yevropa Ittifoqi (EI) o‘rtasida keskinlikni keltirib chiqarishga harakat qildi.

Bu haqda «Bloomberg» agentligi ma’lum qildi.

Agentlikning ta’kidlashicha, Si Szinpinning Fransiyaga tashrifi unchalik katta foyda keltirmagan bo‘lsada, uning Serbiya va Vengriyaga tashrifi samaraliroq bo‘lgan.

«Si yangi sovuq urushga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi haqida gapirsada, uning diplomatiyasi Yevropa sharqini g‘arbga qarama-qarshi qo‘yish orqali o‘tgan urushdagi bo‘linishlarni jonlantirdi», — deyiladi xabarda.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yaqinroq shaxsiy aloqalarni o‘rnatish orqali Xitoy rahbarini Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatish uchun Vladimir Putinga ta’sir o‘tkazishga ko‘ndira olishiga umid qilgan. Biroq, Si Szinpin Xitoyning pozisiyasini unchalik o‘zgartirmadi.

Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ham urushning ekzistensial xususiyatini qayd etdi, biroq Si Szinpin qarshilik ko‘rsatishga urindi va Xitoyni Ukrainadagi urush uchun tanqid qilmaslikka chaqirdi.

«Bloomberg»ning yozishicha, Si Szinpin AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida keskinlikni keltirib chiqarishga uringan, biroq u muvaffaqiyatga erishdi, deyish juda qiyin.

Keyinroq Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi Xitoyning adolatsiz savdo amaliyotiga qarshi kurashish uchun barcha mavjud vositalardan foydalanishga tayyorligini aytgan.

Jurnalistlar, shuningdek, bu Xitoyning YEIni bo‘lishga birinchi urinishi emasligini qayd etdi. 2012 yilda Pekin Markaziy va Sharqiy Yevropaning 16 ta davlati bilan munosabatlarni mustahkamlash mexanizmini yaratdi, biroq keyinchalik bu tashabbus amalga oshmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!