So‘nggi 20 yil ichida birinchi marta Yerda eng yuqori beshinchi darajadagi magnit bo‘roni sodir bo‘lishi mumkin

So‘nggi 20 yil ichida birinchi marta Yerda eng yuqori beshinchi darajadagi magnit bo‘roni sodir bo‘lishi mumkin

Er aholisi qariyib ekstremal G5 darajali 9 ballik geomagnit qo‘zg‘alish ta’sirida ekani aytilmoqda. Bu eng kuchli qo‘zg‘alish hisoblanadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, so‘nggi ikki kun ichida Quyoshda eng yuqori X darajali oltita chaqnash sodir bo‘lgan, chaqnash faolligi darajasi o‘n balli shkala bo‘yicha 9,8 ga yaqin. Yerdagi turli darajadagi kuchli geomagnit bo‘ronlar hafta oxirigacha davom etishi mumkin.

Energetika kompaniyalari, aviakompaniyalar va sun’iy yo‘ldosh operatorlari Yer magnit maydonidagi o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlar haqida ogohlantirish oldi.

30 yoshdan katta yoshli aksar qatlamda:

- bosh miya ort qismi va peshona tirishishi;

- arterial qon tomir kasalliklari;

- apatiya kabi xastaliklar kuzatilyapti.

Bu kabi ta’sirga moyil kishilar spirtli ichimliklar ichishdan tiyilishi, ko‘p ovqatlanmaslik, jismoniy zo‘riqish bilan bog‘liq turli mashqlar bajarmaslik, ko‘proq dam olishi, ko‘proq suv, yalpiz-ko‘k choy damlarini ichish tavsiya etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!