Apple kompaniyasi OpenAI bilan ChatGPT-ni o‘z qurilmalarida joriy etish bo‘yicha shartnoma tuzdi

Apple kompaniyasi OpenAI bilan ChatGPT-ni o‘z qurilmalarida joriy etish bo‘yicha shartnoma tuzdi

Bloomberg manbalariga ko‘ra, tomonlar ChatGPT-dan keyingi iOS 18 operasion tizimida foydalanish bo‘yicha kelishuv tafsilotlarini yakunlashmoqda. Shuningdek, Google bilan Gemini chatbotini lisenziyalash bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda - hozircha natija yo‘q.

Apple iyun oyida Butunjahon dasturchilar konferensiyasida yangi sun’iy intellekt funksiyasini namoyish qilishi kutilmoqda. Biroq, korporasiya yaqin vaqt ichida OpenAI bilan kelishuv haqida e’lon qiladimi yoki yo‘qmi, noma’lum. Uch kompaniya vakillari izoh berishdan bosh tortdilar.

May oyi boshida korporasiya sun’iy intellektdan foydalanishga yo‘naltirilgan iPadning yangi avlodini taqdim etgan edi. Biroq kompaniya yangi qurilmaning o‘ziga xos funksiyalarini oshkor qilmadi.

Bloomberg shu yilning mart oyida Apple kompaniyasi iPhone'ga AI mexanizmini integrasiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida yozgan edi. Potensial hamkor kompaniyalar orasida OpenAI , Google va Anthropic startaplari bor edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!