Shahrisabzda Damas haydovchisi bolani bosib ketdi

Shahrisabzda Damas haydovchisi bolani bosib ketdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Damas rusumli avtomashinaning bolani urib, bir necha metr sudrab ketgani aks etgan video tarqaldi. Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi voqea yuzasidan izoh berdi, deb xabar beradi «Podrobno.uz» muxbiri.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH 19 aprel kuni taxminan soat 12:45 da Shahrisabz shahrida sodir bo‘lgan.


Shahrisabz – Miraki yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan haydovchi bolani bosib ketgan. Natijada bola og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Haydovchi qo‘lga olinib, tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!