"Lacetti"da 300 gramm geroin olib ketayotgan shaxs ushlandi

"Lacetti"da 300 gramm geroin olib ketayotgan shaxs ushlandi

Samarqandda avtomashinasidan 300 gramm geroin topilgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

2024 yil 20 aprel kuni, Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati JQB, viloyat DXX va Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Narpay tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Urgut tumanida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti va 1982 yilda tug‘ilgan X.SH.ning boshqaruvidagi Lacetti-2 rusumli, avtomashinalar Narpay tumani hududidan o‘tuvchi M-37 yo‘lida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda, avtomashina salonidan og‘irligi taxminan 300 grammga teng bo‘lgan geroin giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi va 246-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!