Kiyev dastlabki F-16 qiruvchilarini qachon olishi aytildi

Kiyev dastlabki F-16 qiruvchilarini qachon olishi aytildi

Ukraina iyun-iyul oylarida G‘arb ittifoqchilaridan birinchi F-16 qiruvchi samolyotlarini olishni kutmoqda, dedi juma kuni Kiyevdagi yuqori martabali harbiy manba Reuters agentligiga. Ayni damda Daniya, Niderlandiya, Norvegiya va Belgiya Ukrainaga F-16 samolyotlarini yuborishga va’da berdi. Manba bu davlatlardan qaysi biri birinchi navbatda qiruvchilarni yetkazib berishini aytmagan.

Reuters agentligining aniqlik kiritishicha, Ukraina Rossiya Federasiyasi tomonidan boshlangan urush davomida birinchi marta Rossiya havo ustunligiga qarshi turish uchun Amerikada ishlab chiqarilgan qiruvchi samolyotlarni olishga intilmoqda. Hozirda Ukraina harbiylari Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan juda kamtarona samolyotlarga tayanishga majbur. Mamlakat rasmiylari F-16 kelishini havo kuchlari uchun muhim modernizasiya deb hisoblamoqda.

Shu hafta Ukraina Qurolli kuchlari matbuot kotibi Ilya Yevlashning aytishicha, ba’zi ukrainalik uchuvchilar jangovar samolyotlarni boshqarish bo‘yicha mashg‘ulotlarni yakunlamoqda. Ukrainalik uchuvchilar Ruminiyadagi o‘quv markazida ham o‘qitiladi, shu maqsadda Niderlandiyadan uchta F-16 samolyoti olib kelingan. Ayni paytda, Chexiya Ukrainaga qiruvchilarda uchish bo‘yicha birinchi simulyatorni topshirdi, deb xabar bermoqda Britaniyaning The Standard nashri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!