Qozog‘istondagi eng yosh avtopoygachi fojiali tarzda vafot etdi

Qozog‘istondagi eng yosh avtopoygachi fojiali tarzda vafot etdi

Avtopoygachi Anatoliy Kin 16 yoshida bu olamni tark etdi.

Bu haqda marhum ishtirok etib kelgan Gorilla Drift Kazakhstan avtopoyga tashkilotchilari xabar berdi.

"Pavlodar yo‘lidagi avtohalokat barchamiz uchun fojia bo‘ldi. Tolya, sen orzuing sari yo‘l olding. Katta xohish-istak va oilang, do‘stlaringning qo‘llab-quvvatlashi bilan eng yaxshilardan biriga aylanib, yuksak cho‘qqilarni zabt etding. Biz sen bilan faxrlanamiz. Sen biz uchun 16 yoshli Tolya sifatida abadiy qolasan", - deyiladi xabarda.

Voqea 6 may kuni kechqurun sodir bo‘lgan.

Anatoliy Kin Qozog‘istondagi eng yosh driftchi sanalardi, u bu sportga otasi tufayli kirib kelgan va o‘z yosh toifasida turli musobaqalar g‘olibi va sovrindori bo‘lgan. Poygachi Almatidagi musobaqada qatnashib, Pavlodarga uyiga qaytayotgan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Anatoliy avtohalokatga uchragan avtomobilning yo‘lovchisi bo‘lgan. Hodisaning aniq sabablari hozircha ma’lum emas.

O‘zbekiston avtosport va karting federasiyasi hodisa yuzasidan Qozog‘iston avtosport federasiyasiga hamdardlik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!