Uch muhim reja: Germaniya Mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatga qaytish uchun konsepsiya ishlab chiqdi

Uch muhim reja: Germaniya Mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatga qaytish uchun konsepsiya ishlab chiqdi

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius majburiy harbiy xizmatning to‘xtatilishini bir necha bor xato deb atagan. Endi u 2011 yilda hukumat qabul qilgan qarorni bekor qilmoqchi. Bild xabariga ko‘ra, Mudofaa vazirligi majburiy harbiy xizmatga qaytish bo‘yicha uchta konsepsiya ishlab chiqqan.

Diye Welt nashrining yozishicha, har uchala variant ham o‘tgan haftada Pistoriusga taqdim etilgan. Mudofaa vazirligi rahbari iyun oyida rejalardan birini taqdim etishi kutilmoqda.

Birinchi kontsepsiya hozir Germaniyada mavjud bo‘lgan ixtiyoriy harbiy xizmat kengaytirilishini nazarda tutadi. Voyaga etgan fuqarolar ro‘yxatdan o‘tishlari va Bundesverda xizmat qilish to‘g‘risida aytiladigan maxsus ma’lumot materiallarini olishlari kerak. Maqsad, imkon qadar ko‘proq ko‘ngillilarni «erta» olishdir.

Ikkinchi variant 2011 yilgacha mavjud bo‘lgan modelga qaytishni o‘z ichiga oladi. Erkaklar tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun onlayn shaklni to‘ldirishlari kerak bo‘ladi, bu protsedura ixtiyoriy bo‘lib qoladi. Ushbu modeldan ko‘zlangan maqsad yiliga 30-40 ming nafarga yaqin harbiy xizmatchilarni ta’minlashdan iborat.

Uchinchi reja - Germaniyada erkaklar va ayollar uchun universal majburiy xizmatni joriy etish. Bunday holda, 18 yoshdan oshgan har bir kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun anketani to‘ldirishi kerak. Biroq, ushbu modelni amalga oshirish uchun Germaniyaning asosiy qonuniga o‘zgartirishlar kiritish kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!