Kashta tikilgan ko‘ylakdagi ahmoqlar: Medvedev London va Parijga zarba berish bilan tahdid qildi

Kashta tikilgan ko‘ylakdagi ahmoqlar: Medvedev London va Parijga zarba berish bilan tahdid qildi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram-kanalida Ukraina harbiylari Rossiya hududiga Fransiya yoki Britaniya raketalari bilan hujum qilsa, London va Parijga zarba berish bilan tahdid qildi.

«Storm Shadow/SCALP-EG kashta tikilgan ko‘ylakdagi ahmoqlar tomonidan emas, balki inglizlar va fransuzlar tomonidan boshqariladi. Muayyan sharoitlarda buning javobi nafaqat Kiyevga yetib boradi», deb yozadi Medvedev.

Shu bilan birga, Rossiya Federasiyasining sobiq prezidenti yaqinda e’lon qilingan yadroviy mashg‘ulotlar davomida Rossiya armiyasi «bunday hujumlarga javob berish» mashq qilayotganini ta’kidladi.

Avvalroq Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Kiyevga tashrif buyurib, ukrainalik harbiylar ularga berilgan qurollardan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishi mumkinligini ta’kidlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!