Evropa Rossiyani ushlab turishga tayyor bo‘lishi kerak

Evropa Rossiyani ushlab turishga tayyor bo‘lishi kerak

Agar Ukrainadagi mojaro haddan oshib ketsa, Yevropa Rossiyani ushlab turishga tayyor bo‘lishi kerak, deydi Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron.

U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida, agar biror nuqtada "ruslar juda uzoqqa borishsa", barcha yevropaliklar "ularni ushlab turish uchun harakat qilishga tayyor bo‘lishlari kerak" deya fikr bildirdi.

Shuningdek, u Fransiya harbiy harakatlarga kirishmasligiga umid bildirdi.

Avvalroq Makron fransuz harbiylarini Ukrainaga jo‘natishning ikkita shartini aytib o‘tgan edi: Rossiyaning frontdagi yutug‘i va Kiyev so‘rovi. Kreml bu so‘zlarni juda xavfli deb hisobladi

Shu bilan birga, Makron Fransiya na Rossiya bilan, na rus xalqi bilan urush holatida emasligini qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!