Birovga choh qazisang, unga o‘zing tushasan! Fuqarolarga "soxta havola" yuboruvchi yigitcha o‘zining qopqoniga o‘zi tushib qoldi

Birovga choh qazisang, unga o‘zing tushasan! Fuqarolarga "soxta havola" yuboruvchi yigitcha o‘zining qopqoniga o‘zi tushib qoldi

Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida yashovchi 39 yoshli B.R. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 11.719.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida yashovchi 20 yoshli X.Z. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan X.Z. Internet foydalanuvchilariga telegram messenjeri orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan X.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!