Shuhrat Abbosov haqida kitob chop etildi

Shuhrat Abbosov haqida kitob chop etildi

Taniqli kino va teatr rejissyori, professor Shuhrat Abbosov haqida «Shuhrat Abbosov zamondoshlar xotirasida» nomli kitob chop etildi.

Adiba Nosirova muallifligidagi kitobda rejissyorning hayoti va ijodi, uning o‘zbek kinosidagi o‘rni, mashhur filmlari hamda Nabi G‘aniyev, Komil Yormatov, Yo‘ldosh A’zamov kabi ijodkorlar haqida eksklyuziv ma’lumotlar keltirilgan.

«Shuhrat Abbosov zamondoshlar xotirasida» kitobi taqdimoti XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Milliy madaniyatimiz va san’atimizning benazir darg‘asi, buyuk kino va teatr rejissyori, professor Shuhrat Abbosovning boy ijodiy va pedagogik faoliyati O‘zbekistonning ko‘plab zamonaviy rejissyorlari uchun oliy ibrat maktabi bo‘lib kelmoqda. O‘tgan davrning 50 yillari oxirida san’at olamiga kirib kelgan mahoratli rejissyor o‘z asarlari bilan O‘zbekiston milliy ekran va sahna san’atining ijodiy imkoniyatlarini yanada kengaytirib, uni milliy ma’naviyatimizning ajralmas qismiga aylantirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!