Isroil qattiq jazavada

Isroil qattiq jazavada

Kecha, 10-may kuni BMTning Bosh Assambleyasi Falastinni BMTga a’zo qilish bo‘yicha rezolyusiya qabul qildi. Endi navbat BMTning Xavfsizlik Kengashiga. Falastinni BMTga a’zo qilish bo‘yicha, endi Xavfsizlik Kengashi ovoz berishi kerak. Isroil qattiq jazavada.

Shu paytga qadar Falastin BMTda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashabbus bilan chiqish, bevosita ovoz berish huquqiga ega emas edi. Doim boshqa davlatlar orqali chiqar edi. Bosh Assambleya ovozi bilan Falastinning huquqlari ko‘paydi.

Endi, agar Xavfsizlik Kengashi ham “Xo‘p” desa, Falastin to‘liq a’zo bo‘ladi. O‘tgan safar faqat AQSh veto qo‘ygan edi. Lekin, AQSh ham “Biz Falastinni a’zo bo‘lishiga qarshi emasmiz, kelishuv tarafdorimiz” deya, Isroilga bosim qilgan edi: “agar men ham ovoz bersam – ahvoling og‘irlashadi, shuning uchun aytganimni qil” degandek...

Har oy Isroilning tarixiy vaziyati og‘irlashib bormoqda. Menimcha, yaqin oylar va yillarda Falastin BMTning to‘laqonli a’zosi bo‘ladi. Va Isroilning bosqinchi, tajovuzkor davlat sifatidagi ahvoli yanada og‘irlashadi, deb yozmoqda siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!