Bolalar dod-faryodi: G‘azoda falastinlik bolalar tinchlik talabi bilan miting o‘tkazdi

Bolalar dod-faryodi: G‘azoda falastinlik bolalar tinchlik talabi bilan miting o‘tkazdi

Blokadagi G‘azo sektorining markaziy qismidagi Dayr al-Baloh shahrida falastinlik bolalar tinchlik talabi bilan miting o‘tkazildi.

O‘nlab bolalar Al-Aqsa shahidlari kasalxonasi oldida to‘planib, maktabga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lishlarini talab qilishdi.

Aksiyani bir guruh falastinlik faollar tashkil qilgan. Bolalar shifoxonaga «Ta’lim – bizning huquqimiz, bizga o‘qish imkoniyati berilishini talab qilamiz», «Biz tinchlik va xavfsizlikda yashashni xohlaymiz» yozuvlari yozilgan plakatlar bilan kelishdi.

“Biz dunyodagi boshqa bolalar kabi tinchlik va xavfsizlikda yashashni, uyimizga, maktablarimizga qaytishni istaymiz. Nega ular bizning hayotimizni buzishdi? Biz tinch yashashga loyiq emasmidik? - dedi to‘qqiz yoshli Iymon.

Qiz Isroil G‘azoda begunoh odamlarni o‘ldirayotganiga e’tibor qaratdi. Iymon dunyo davlatlarini G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatishga chaqirdi, toki bolalar o‘zlarining eski yaxshi hayotlariga, uylariga qaytishlari va boshqa bolalar kabi erkinlikka erishishlari mumkin.

Tadbir doirasida bolalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!