Zelenskiy Tvitterda G‘arb uchun noxush post qoldirdi

Zelenskiy Tvitterda G‘arb uchun noxush post qoldirdi

X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb uchun noxush post qoldirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Ukraina uchun haqiqatan ham foydali yordam paketi bu rejalarni e’lon qilish emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol yetkazib berishdir".

Bir kun avval amerikaliklar Kiyev uchun 400 million dollarlik yangi qurol paketini e’lon qilgan edi. Fransiyaning AgoraVox portali o‘zining shanba kungi sonida G‘arb kreditorlari Kiyevdan qarzlarini to‘lashni talab qilmoqda, chunki ular Ukraina davlatining kelajagiga umidlarini yo‘qotib qo‘yishganini yozdi.

Wall Street Journal esa Ukrainaga 2025 yildan kechiktirmay o‘z majburiyatlari bo‘yicha foizlarni to‘lashni boshlash uchun bosim o‘tkazmoqchi bo‘lgan bir guruh xorijiy obligasiyalar egalari haqida xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!