Rus aroqlarining xaridorlari orasida kim yetakchi?

Rus aroqlarining xaridorlari orasida kim yetakchi?

Qozog‘iston 2023 yilda rus aroqlarini sotib olish bo‘yichi yetakchi bo‘ldi.

Qozog‘iston yana Rossiya arog‘ining eng yirik importchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.

Bu haqda ochiq statistik ma’lumotlarga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2023 yilda Rossiya ushbu mahsulotni jami 59,7 million dollarga sotgan bo‘lsa, uning qariyb yarmi — 27,9 million dollar — Qozog‘iston tomonidan import qilingan.

Shu bilan birga, ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Qozog‘iston hamon tegishli ro‘yxatda birinchi o‘rinda turgan bo‘lsada, 2022 yilga nisbatan bu miqdor 26 foizga kamaygan.

Isroil yil davomida rus aroqlarini sotib olishni 42 foizga - 12 million dollargacha oshirib, ro‘yxatda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Uchinchi o‘rinda Armaniston – 4,5 million dollargacha.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!