Chexiya prezidenti Ukraina bosib olingan hududlarni qaytarishiga ishonmayapti

Chexiya prezidenti Ukraina bosib olingan hududlarni qaytarishiga ishonmayapti

Chexiya prezidenti Petr Pavelning fikricha, Ukraina 1991 yilgi chegaralarga yeta olishi dargumon.

«Ukraina hech bo‘lmaganda yaqin kelajakda o‘zining xalqaro tan olingan chegaralari doirasidagi butun hududini qaytarib olishi dargumon. Bugun ukrainaliklar bunday natijaga yaqin kelajakda erishib bo‘lmasligini tan olishmoqda», — dedi Pavel Diye Presse gazetasiga bergan intervyusida.

Shuningdek, u urushdan keyingi muzokaralar mavzusiga ham to‘xtalib o‘tdi

«Keyinchalik biz muzokaralar olib borishimiz mumkin, chunki Ukrainaning NATOga a’zoligini biror narsaga almashtirish mumkin. Masalan, harbiy mavjudlik haqida gap ketganda kafolatlarga», - dedi Pavel.

Uning fikricha, «bu munozaralar muhim diplomatik mahorat va siyosiy bosimni talab qiladi».

Shu bilan birga, Pavel «Rossiya Ukrainaning faqat bir qismi bilan qanoatlanmaydi», deb hisoblaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!