Mashhur bloger Abduroziq unashtirildi

Mashhur bloger Abduroziq unashtirildi

Tojikistonlik mashhur bloger, aktyor, xonanda va bokschi Abduroziq unashtirilganini e’lon qildi.U, shuningdek, to‘y qaysi sanada bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida post joyladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u BAAlik ayolga unashtirilgan. To‘y 7 iyul kuni Dubayda bo‘lishi rejalashtirilgan.

«Bilasiz, mening yoshim 20 da. Shu paytgacha meni sevadigan, hurmat qiladigan qizni sevishni juda ham orzu qilardim. Ha, bu orzu edi. Kutilmaganda, men uni topdim. Meni hammadan ko‘p sevadigan, hurmat qiladigan qizni topdim. Buni qanday tasvirlashni ham bilmayman, chunki juda hayajondaman», — deyidi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!