Keniyada kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqinlari qurbonlari soni 267 nafarga yetdi

Keniyada kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqinlari qurbonlari soni 267 nafarga yetdi

Bu haqda jurnalistlarga Keniya Ichki ishlar vazirligi rahbari Kiture Kindiki ma’lum qildi.

Taxminan uch hafta oldin mamlakatni qamrab olgan sel va kuchli yomg‘irning boshqa oqibatlari natijasida 188 kishi jarohatlangan, yana 75 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida, dedi vazir.

Boshqarma boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoiti qariyb 389 ming kishining hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, 56 ming oila o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Shu bilan birga, suv toshqini 9 ming gektar yerga zarar yetkazdi, 4 ming bosh qoramol nobud bo‘ldi. Hukumat toshqindan jabrlanganlar uchun 167 ta lager yaratdi.

Tanzaniya, Somali, Burundi, Kongo Demokratik Respublikasi va Keniya kabi Sharqiy Afrika mamlakatlari ko‘pincha kuchli yomg‘ir natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlarining salbiy ta’sirini boshdan kechirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!