Argentinada yo‘lovchi va yuk poyezdi to‘qnashdi

Argentinada yo‘lovchi va yuk poyezdi to‘qnashdi

Argentinaning Buenos-Ayres shahrida poyezdlar to‘qnashib ketdi. Retiro hududidan Pilar munisipalitetiga ketayotgan yo‘lovchi poyezdi temiryo‘lni ta’mirlash uchun materiallar olib ketayotgan lokomotivga borib urilgan.

Hodisa oqibatida kamida 100 kishi jarohatlangan, 30 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Poytaxt rasmiylari mo‘’jizaviy tarzda qurbonlar yo‘qligini ma’lum qildi.

Buenos-Ayres ma’muriyati rahbari Xorxe Makrining so‘zlariga ko‘ra, 60 kishiga yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, u yaradorlarni 40 daqiqada evakuasiya qilish mumkinligini qo‘shimcha qildi. Ikki nafari vertolyotda shifoxonaga yetkazildi.

To‘qnashuv natijasida yoqilg‘i sizib chiqqan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!