«Ular ajoyib ishlarni qilishadi»: Tramp Rossiya va Xitoy bilan kelajakdagi munosabatlar haqida gapirdi

«Ular ajoyib ishlarni qilishadi»: Tramp Rossiya va Xitoy bilan kelajakdagi munosabatlar haqida gapirdi

Oq uyda «aqlli prezident» bo‘lsa, Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya kabi davlatlar Vashingtonning dushmani bo‘lishdan to‘xtaydi, dedi AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp.

«Xitoy, Rossiya, Shimoliy Koreya - bir tomondan ular biz uchun dushman. Boshqa tomondan, agar bizda aqlli prezident bo‘lsa, ular dushman bo‘lmaydi. Bu mamlakatlar ajoyib ishlarni amalga oshiradi», dedi u Chesapik shahrida (Virjiniya shtati) saylovoldi tashviqoti paytida.

Tramp bu davlatlar AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenni hurmat qilmasligini yana bir bor aytdi. Uning fikricha, bu davlatlar rahbarlari jahon sahnasida Baydendan ancha samaraliroq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!