Uchta mamlakat fuqarolariga O‘zbekistonda yashash huquqi berildi

Uchta mamlakat fuqarolariga O‘zbekistonda yashash huquqi berildi

Joriy yilning 19 mart kunidan Janubiy Afrika Respublikasi (JAR), Eron Islom Respublikasi (EIR) va Gonkong fuqarolari O‘zbekistonga kirish uchun elektron viza olish huquqiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududidan ko‘chmas mulk xarid qilgan bu uch davlat fuqarolari mamlakat hududida yashash huquqini qo‘lga kiritishi belgilab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan 2019 yilning 19 martidan Xalqaro munosabatlar rivoji, mamlakat turizm sohasi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi investision iqlimni yaxshilash uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida ushbu mamlakatlar ro‘yxatiga, shuningdek, Eron Islom Respublikasi, Janubiy Afrika Respublikasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy mintaqasi ham kiritildi.

Mazkur Farmon bilan Eron, JAR va Gonkong fuqarolari O‘zbekistonda ko‘chmas mulk xarid qilish sharti bilan mamlakatda yashash huquqiga ega bo‘lishadi.

Bunday chora-tadbirlar yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar oqimini oshishiga, shuningdek, jahon mamlakatlarini O‘zbekiston bilan madaniy, ilmiy, savdo-sotiq va xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi aloqalarini rivojlanishiga hamda jahon hamjamiyatida yurtimiz imidjini yanada oshishiga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasida yashashni istagan xorij fuqarolari hududlar kesimida quyidagi qiymatdagi ko‘chmas mulk ob’ektini xarid qilishlari kerak bo‘ladi:

Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida 400 ming AQSh dollaridan;

Samarqand, Buxoro, Xorazm, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 200 ming AQSh dollaridan;

boshqa viloyatlarda 100 ming AQSh dollaridan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!