Turkmaniston prezidenti ham Moskvada o‘tkaziladigan G‘alaba paradida ishtirok etmaydigan bo‘ldi

Turkmaniston prezidenti ham Moskvada o‘tkaziladigan G‘alaba paradida ishtirok etmaydigan bo‘ldi

Suhbat davomida Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligini nishonlash mavzusi ham ko‘tarilgan. Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Vladimir Putinni 24 iyun kuni Moskvada o‘tkaziladigan bayram tadbiri bilan tabriklab, uni muvaffaqiyatli o‘tkazib olishini tilagan.

Berdimuhamedovning ta’kidlashicha, G‘alaba paradida turkman harbiy xizmatchilari ham ishtirok etadi, Turkmaniston delegasiyasiga mamlakat mudofaa vaziri general mayor Begench Gundogdiyev rahbarlik qiladi.

Shuningdek, Gurbenguli Berdimuhamedov Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan harbiy paradda shaxsan o‘zi qatnasha olmasligini bildirgan. Bunga 29 iyun kuni Turkmaniston yetakchisi 63 yoshga — Payg‘ambar yoshiga to‘lishi sabab qilib ko‘rsatilgan. Mavjud an’analarga ko‘ra, ushbu sana oila, qarindosh va yaqinlar davrasida, shuningdek, butun xalq bilan nishonaladi.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov 11 iyunda asosan MDH davlatlaridan 12 nafar davlat rahbari tadbirda ishtirok etish istagini bildirganini qayd etgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ushbu paradda ishtirok etishi kutilmoqda.

Avvalroq Ozarbayjon prezidenti, Armaniston bosh vaziri Moskvadagi G‘alaba paradiga bormaslikka qaror qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!