Turkiyada tibbiy niqoblar sotuvi taqiqlandi

Turkiyada tibbiy niqoblar sotuvi taqiqlandi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda tibbiy niqoblar sotilishini taqiqladi. 

Aholi tibbiy niqoblarni bepul olishi mumkin.

«Mahalliy hokimiyatlar “e-davlat” davlat portalida yoki PTT pochtasi saytida tegishli so‘rov qoldirgan fuqarolarimizga tibbiy niqoblarni bepul jo‘natishni boshladi. Niqoblarni sotish taqiqlandi», — dedi Turkiya rahbari.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 27 mingdan ortiq holat qayd etilgan. Mingdan ortiq kishi tuzalgan, 500dan ortiq kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!