Bektemir Meliqo‘ziyev: "Sergey Derevyanchenko bilan jang qilishim mumkin edi"

Bektemir Meliqo‘ziyev: "Sergey Derevyanchenko bilan jang qilishim mumkin edi"

Prof bokschimiz 10 avgust kuni imkon qadar taniqliroq bokschiga qarshi jang qilish istagida.

"Men uchun raqib kimligining ahamiyati yo‘q - ozg‘inmi, bo‘yi balandmi yoki semizmi. Agar formada bo‘lsam, barchasini uddalay olaman.

Ringga qaytayotganimdan xursandman va men aytilgan kunga tayyor bo‘laman. Katta shoularda jang qilyapman - bu menga kamar uchun yaqinlashishimda muhim omil.

Biz mashhurroq raqiblar izlayapmiz. Ammo ularning ko‘pchiligi menga qarshi jangni istamayapti. 10 avgust kuni Sergey Derevyanchenko yoki Stiven Nelson bilan jang qilishim mumkin edi, ammo bu o‘xshamadi. Shuningdek, Devid Morrella bilan da’vogarlik jangi ham bor edi. U bilan jangni hech kim istamayaptimi? Men xohlayman", - dedi Bektemir Meliqo‘ziyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!