Ronaldu Yevro va JChda ilk marta gol ura olmadi

Ronaldu Yevro va JChda ilk marta gol ura olmadi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bu galgi Yevropa chempionatini golsiz tark etdi. 39 yoshli forvard Germaniya yashil maydonlarida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Ammo Kishtianu o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida 2 marta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Portugaliya nimchorak finalda Sloveniya ustidan penaltilar seriyasi orqali g‘alaba qozongan bo‘lsa, chorak finalda Fransiyaga imkoniyatni boy berdi.

Ronaldu terma jamoasi 2004 yildan boshlab 5 martadan Yevropa va jahon chempionatlarida ishtirok etib, ularning har birida gol urib kelayotgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!