AQSh Gruziya bilan harbiy mashg‘ulotlarni qoldirdi

AQSh Gruziya bilan harbiy mashg‘ulotlarni qoldirdi

Qo‘shma Shtatlar va Gruziya harbiylari ishtirokidagi Noble Partner mashqlari 25 iyuldan 6 avgustgacha bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo hozir noma’lum muddatga qoldirilgan. Vashington buni Gruziya hukumatining AQSh va boshqa G‘arb tuzilmalariga nisbatan ayblovlari bilan izohladi.

Avvalroq Tbilisi G‘arb davlatlarini Ukrainaga bosimni yumshatish uchun Rossiya Federasiyasiga qarshi ikkinchi front ochish uchun Gruziyaga bosim o‘tkazganlikda, shuningdek, hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi va mamlakat hukumatiga qarshi ikki marta davlat to‘ntarishiga urinishda qatnashganlikda ayblagan edi.

Shu bilan birga, AQSh Mudofaa vazirligi Gruziya mudofaa kuchlari bilan hamkorlikni davom ettirishga va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!