Trampdan yana bir tomosha: «Bosh vazir Makronni yaxshi ko‘raman»

Trampdan yana bir tomosha: «Bosh vazir Makronni yaxshi ko‘raman»

AQSh prezidenti Donald Tramp Michiganda saylovoldi mitingidagi nutqida Fransiya rahbari Emmanuel Makronni adashib bosh vazir deb atadi.

Gap AQShning 2015 yilda tuzilgan iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishi haqida ketgan. U 2020 yildan boshlab atmosferadagi karbonat angidrid gazi miqdorini kamaytirishga qaratilgan.

«Men bosh vazir Makronni juda yaxshi ko‘raman, lekin undan kelishuv haqidagi ishlar qanday ketayotganini so‘radim. Ular unchalik yaxshi ishlashmayapti», — dedi Tramp.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda Fransiya Bosh vaziri lavozimini Jan Kasteks egallab turibdi, uni bu lavozimga Emmanuel Makronning o‘zi tayinlagan.

Eslatib o‘tamiz, AQShda prezident saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!