Tramp yadroviy zarbani amalga oshirishi mumkinmi? Nensi Pelosining xavotiri

Tramp yadroviy zarbani amalga oshirishi mumkinmi? Nensi Pelosining xavotiri

AQSh vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi amaldagi «o‘zgaruvchan» prezident Donald Tramp hokimiyatdagi so‘nggi kunlarida harbiy harakatlarni boshlashi yoki «yadroviy zarba haqida buyruq berishi» mumkinligidan xavotirda ekanini bildirdi. Pelosi ushbu xatarlarni AQSh Qurolli kuchlari birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Mark Milli bilan muhokama qilli, deb xabar beradi CNN.

«Ertalab o‘zgaruvchan prezident harbiy harakatlarni boshlab yuborishi yoki uchirish kodlarini qo‘lga kiritib, yadroviy zarbalar bo‘yicha buyruq berib yubormasligi borasida Milli bilan ehtiyot choralarini muhokama qildim», — deydi Pelosi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Oq uyning hozirgi rahbari prezidentlik lavozimidan ketmasa, Kongress uni hukumatdan chetlatish choralarini ko‘radi. Ayni vaqtda mamlakat konstitusiyasining 25-tuzatishi qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. 25-tuzatishning to‘rtinchi qismida agar prezident mamlakatni xolisona boshqara olmaydigan bo‘lsa, shu bilan birga, vakolatlarini topshirishni istamasa, hokimiyat almashinuvi qanday kechishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni Donald Tramp tarafdorlari soqchilar zanjirini yorib o‘tib, Vashingtondagi AQSh Kongressi binosiga bostirib kirdi. Ular prezident saylovlari natijalarini tasdiqlashga bag‘ishlangan kongress majlisini to‘xtatib qo‘ydi. Kongressmenlarning bir qismi Kapitoliydan evakuasiya qilindi. Vashingtonda komendantlik soati e’lon qilindi, tartibni saqlash uchun AQSh poytaxtiga Milliy gvardiya kuchlari kiritildi. To‘qnashuvlarda to‘rt kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!