Tramp Putin bilan bog‘liq savolga keskin javob berdi (video)

Tramp Putin bilan bog‘liq savolga keskin javob berdi (video)

AQSh prezidenti Donald Tramp matbuot va ular orqali soliq to‘lovchilarga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan G20 sammitida nima haqida gaplashishini bilishi shart emas, degan fikrda.

«Liga Novosti»ning yozishicha, vox.com saytidan bo‘lgan jurnalist Aaron Rupar Oq uy egasining bunday savolga javob berishdan o‘zini olib qochgani aks etgan videoni e’lon qilgan.

Muxbir Tramp suhbat chog‘ida 2020 yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga aralashuv mavzusini ko‘tarishiga qiziqqan. «O‘rtamizda juda yaxshi suhbat bo‘ladi. Unga nima deyishim bilan esa ishingiz bo‘lmasin. Keyingi savol!» — deb javob bergan Tramp.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!