Tramp Eronni yo‘q qilib yuborish bilan tahdid qilmoqda (Video)

Tramp Eronni yo‘q qilib yuborish bilan tahdid qilmoqda (Video)

AQSh tomonidan Eron rahbariyatiga yangi sanksiyalarning joriy etilishi davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada sovuqlashuviga sabab bo‘lmoqda, deb xabar berdi YEuronews.com. nashri

Oq uy rahbarining ushbu qaroriga fikr bildirgan Eron prezidenti Hasan Rahoniy “AQSh ma’muriyatining bu kabi xatti-harakatlari uning aqli zaifligini bildiradi”, deya ta’kidladi. Bunga esa o‘z navbatida Prezident Donald Tramp keskin munosabat bildirdi. U o‘zining Tvitterdagi sahifasida Eronni butunlay yo‘q qilib yuborish bilan tahdid qildi. “Eron AQShning biror narsasiga hujumi ulkan va ko‘proq kuch bilan qarshi olinadi. Ba’zi jabhalarda ko‘proq kuch yo‘q qilishni anglatadi”, deb yozgan Tramp. U shuningdek, “Boshqa hech qanday Jon Kerri va Obama bo‘lmaydi!”, deb qo‘shimcha qilgan. AQSh prezidenti buo‘rinda 2015 yilda Eron bilan yadro kelishuvini tuzgan o‘zidan avvalgi prezident Barak Obama va sobiq davlat kotibini nazarda tutgan.

Fransiya tashqi ishlar vaziri Eronni AQSh bosimiga qarshi keskin choralar ko‘rishdan ehtiyot bo‘lishga da’vat etdi. “2015 yilgi yadro kelishuvi shartlarining Eron tomonidan buzilishi jiddiy xato va AQSh bosimiga qarshi noto‘g‘ri javob bo‘ladi”- deya, ta’kidladi u. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant Britaniya AQSh tomonida turib, Eronga qarshi urushishi ssenariysini tasavvur qila olmasligini bildirdi. U Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda Vashington va Tehron o‘rtasidagi diplomatik nizoning rivojlanishidan jiddiy tashvishda ekanligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!