Toshkentdagi kichik xalqa yo‘lida Cobalt avtomashinasi yonib ketdi (video)

Toshkentdagi kichik xalqa yo‘lida Cobalt avtomashinasi yonib ketdi (video)

Joriy yilning 7 dekabr kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Qushbegi mahallasi Kichik xalqa yo‘li va Qushbegi ko‘chalari chorrahasida harakatlanib ketayotgan fuqaro A.F. boshqaruvidagi Cobalt avtomobilining salon qismi yonib zararlangan.

Yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘inga 2 ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilgan.

Yong‘inning kelib chiqish sababi avtomobilning yukxonasida olib ketilayotgan maishiy gaz ballonidan sizib chiqqan gaz va havo aralashmasining chaqnashidan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berishicha, chaqnash vaqtida avtomobil egasi A.F. kuyish tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan.

Darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!