Toshkentda sovuq suv narxi oshdi

Toshkentda sovuq suv narxi oshdi

Suvsoz korxonasining xabar berishicha, Toshkentda 24 apreldan sovuq suv tariflari oshdi. Yangi narxlar poytaxt hokimiyati tomonidan 2 aprel kuni tasdiqlandi.

Toshkent shahar hokimining 2018 yil yanvardagi qaroriga binoan, ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdori iste’molchilar uchun - 100 so‘m 1 m.kub.dan olinadi.

Markazlashgan issiq suv ta’minotiga ega ko‘p qavatli uylarda 1 metr kub narxi endi 1050 so‘mni (hozirda 850 so‘m), markazlashgan issiq suv ta’minotisiz 715 so‘mni (hozirda 615 so‘m) tashkil etadi.

Xususiy sektor uylarida kanalizasiya mavjud bo‘lganda bir kub metr suv narxi 615 so‘mdan 715 so‘mga oshirildi, kanalizasiyasiz - 380 so‘m.

Ichki vodoprovod, rakovina, unitaz, vanna yoki mahalliy suv isitish uskunalariga ega dush bo‘lgan kanalizasiyalangan uylarda bir kishiga hisoblagichsiz to‘laganda tarif aprel oyida 8933,22 so‘mdan 9083,15 so‘mga oshirildi, maydan esa 10116,43 so‘mni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!