Toshkentda Osiyo ot sporti federasiyasining Bosh Assambleyasi o‘tkaziladi

Toshkentda Osiyo ot sporti federasiyasining Bosh Assambleyasi o‘tkaziladi

9−12 dekabr kunlari Toshkent shahrida Osiyo ot sporti federasiyasining Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur Assambleyaning kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala tashkilot nizomiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha o‘tkaziladigan saylovdir. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Bu Osiyo ot sporti federasiyasi uchun tarixiy yig‘ilish bo‘lishi kutilmoqda. Chunki, so‘nggi 20 yil ichida tashkilotning hujjatlarga o‘zgartirish kiritish bilan bog‘liq urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Yangilangan Nizomda ot sportining bugungi zamon talablariga mos maqsadi, muayyan vazifalari o‘z aksini topadi.

Bosh Assambleyaning kun tartibida shuningdek konkur bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi IV Osiyo chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi ham ko‘riladi.

Manba: gazeta.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!