Toshkentda jasad topildi! Qotil aniqlandi, qotillik sababi ham ma’lum

Toshkentda jasad topildi! Qotil aniqlandi, qotillik sababi ham ma’lum

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi fuqaro SH.S.ning uyidan 1987 yilda tug‘ilgan T.G‘.ning jasadi topildi. Jasad topilgan paytda tananing bosh va yuz qismlarida jarohatlar bo‘lgan.

Ichki ishlar organlari tomonidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rildi. Natijada ushbu jinoyatni Yangiyo‘l tumani Epkendi mahallasida ro‘yxatda turuvchi, hozirda yashash va ishlash joyining tayini bo‘lmagan, 1960 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.S. rashk tufayli sodir etgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni prokuratura olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!