Toshkentda Hindistonga olib ketilayotgan 2950 ta tamaki mahsulotlari ushlab qolindi

Toshkentda Hindistonga olib ketilayotgan 2950 ta tamaki mahsulotlari ushlab qolindi

«Toshkent—Amrisar» reysi bilan Hindistonga parvozga shaylangan bir qator yo‘lovchilar «yashil» yo‘lak bergan imkoniyatni suiiste’mol qilishga urindi, deb xabar beradi bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Xususan, fuqarolar X.SH. 1050 quti, B.S. 700 quti, R.I. va SH.E.lar 600 qutidan tamaki mahsulotlarini o‘zlarining qo‘l yuklari va bagajlari orasiga yashirgancha olib chiqib ketayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Noqonuniy olib chiqishga urinilgan mazkur tamaki mahsulotlari xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan markalanmagan ekan.

Endilikda huquqbuzarlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortilib, huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan 2950 quti sigaretlar esa belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!