Fransiyalik harbiy Ukrainaga qo‘shin yuborish haqida gapirdi

Fransiyalik harbiy Ukrainaga qo‘shin yuborish haqida gapirdi

Fransiya Ukraina qurolli kuchlariga yordam berish uchun faqat ikkita brigada ajratishi mumkin. Bu haqda fransuz polkovnigi Aleksandr Votraver aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu raqam Rossiya armiyasining kattaligi va kuchi bilan solishtirganda ahamiyatsiz.

"Yomon xabar shundaki, bu kuchlar yarim millionlik Rossiya armiyasiga qarshi turish uchun mutlaqo yetarli emas", dedi Votraver LCI televideniyesida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Parij yaqin orada Ukrainaga besh-olti mingga yaqin askarini yuborishi mumkin.

Polkovnikning ta’kidlashicha, ikkita jangovar fransuz brigadasi mustaqillikka ega emas. Chunki ular hozirda NATO qo‘mondonligiga bo‘ysunadilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!