Braziliya janubidagi suv toshqinlari qurbonlari soni 75 kishiga yetdi

Braziliya janubidagi suv toshqinlari qurbonlari soni 75 kishiga yetdi

Braziliya janubidagi Riu-Grande-du-Sul shtatida kuchli suv toshqinlari oqibatida kamida 75 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Fuqaro muhofazasi agentligining so‘nggi hisobotida aytiladi.

Avvalroq 66 kishining o‘limi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 103 kishi bedarak yo‘qolgan, 107 mingdan ortiq odam xavfsiz hududlarga evakuasiya qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!