Rossiyada xususiy uyda sodir bo‘lgan yong‘inda uch kishi halok bo‘ldi

Rossiyada xususiy uyda sodir bo‘lgan yong‘inda uch kishi halok bo‘ldi

Penza viloyatining Naskaftim qishlog‘ida xususiy turar-joy binosi yonib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ma’lum qilindi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining aniqlik kiritishicha, 54 va 56 yoshli ikki erkak va 58 yoshli ayol halok bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga chekish vaqtida yong‘inga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish sabab bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat bosh boshqarmasi yong‘inni o‘chirishga 11 kishi va 4 ta texnika jalb qilinganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!