«Bayer»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 48 ta o‘yinga yetdi. Bu top-5 chempionatlar rekordi

«Bayer»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 48 ta o‘yinga yetdi. Bu top-5 chempionatlar rekordi

«Bayer» joriy mavsum boshidan buyon hali biror marta mag‘lub bo‘lmadi. Xabi Alonso jamoasi bugun safarda «Ayntraxt» klubi mehmoni bo‘lib, 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bundesliga jadvalida leverkuzenliklar hisobidagi ochkolar soni 84 taga yetdi.

«Bayer»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 48 ta o‘yinga yetdi — 40 g‘alaba va 8 durang. Bu Yevropa top-5 chempionatlari rekordi hisoblanadi.

Klub 9 may kuni Yevropa ligasi yarim final bosqichi javob o‘yini doirasida "Roma"ga qarshi maydonga tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!