Toshkent markazida ko‘chani yoptirib poyga uyushtirgan haydovchi, aslida, kim? (video)

Toshkent markazida ko‘chani yoptirib poyga uyushtirgan haydovchi, aslida, kim? (video)

Toshkent markazidagi «Skver» aylanma yo‘lida «Mercedes-Benz» avtomashinasida drift qilingani va bu haydovchi katta ehtimol bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuyovi Otabek Umarov ekanligi haqida gap-so‘zlar ko‘payib ketdi.

Xabar qilinishicha, aslida, bu avtomashinada bloger Erik Davidich bo‘lgan va uning harakatlari tasvirga tushirilgan. Blogerga Toshkent shahar IIBB tomonidan rolikni tasvirga olish ishlari davomida yordam berilgan. Albatta, ushbu bloger O‘zbekistonda qisqa videoroliklar olib uni o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali tarqatishni maqsad qilgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!