Toqayev: "Nursulton Nazarboyev davrida soyadagi juda boy odamlar qatlami paydo bo‘ldi"

Toqayev: "Nursulton Nazarboyev davrida soyadagi juda boy odamlar qatlami paydo bo‘ldi"

Birinchi prezident Elboshi [Nursulton Nazarboyev] tufayli mamlakatda juda daromadli kompaniyalar guruhi va hatto xalqaro standartlar bo‘yicha ham boy odamlar qatlami paydo bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev parlament yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Menimcha, Qozog‘iston xalqiga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularga tizimli va muntazam yordam berish vaqti keldi. Shu sababli, hukumat kompaniyalar qatorini aniqlashi va ular bilan jamg‘armaga yillik badallar miqdorini kelishib olishi kerak ", dedi u.

Gap Toqayev tuzishni topshirgan «Qozog‘iston Kalg‘ina» jamg‘armasi haqida ketmoqda. Mazkur jamg‘arma sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasidagi muammolarni hal etish bilan shug‘ullanadi.

«Bundan tashqari, men, aslida, katta mablag‘ga ega bo‘lgan, soyada qolgan shaxslardan ham faol ishtirok etishini kutaman», dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!