Tojikistonda O‘zbek kino kunlari bo‘lib o‘tmoqda

Tojikistonda O‘zbek kino kunlari bo‘lib o‘tmoqda

Ayni kunlarda Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazilmoqda.

Madaniyat kunlari doirasida 15–20 aprel kunlari O‘zbek kino kunlari o‘tkazilishi belgilangan. Bugun Dushanbe shahridagi « Koxi Navruz» saroyida O‘zbek kinosi kunlari ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Kino kunlari doirasida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Abdulla Oripov», «Evrilish», «Yasha, xotin», «Sudya» filmlari tojik kino ixlosmandlari e’tiboriga havola etiladi.

O‘zbek kino ijodkorlaridan iborat delegasiya, shuningdek, «Yulduzlar shu’lasi: Jomiy va Navoiy» badiiy filmi bo‘yicha tojikistonlik hamkasblari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Kinoijodkorlarning kino loyiha ssenariysi bo‘yicha hamkorlik muzokaralari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!