TATUda Belarus davlat universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet ochiladi

TATUda Belarus davlat universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet ochiladi

Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida Axborot texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma fakultet tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanali xabar berdi.

Shartnomaga ko‘ra, 2019-2020-o‘quv yilidan boshlab Axborot texnologiyalari bo‘yicha hamkorlikda yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida qo‘shma fakultetga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha abituriyentlar qabul qilinadi:

- axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti;

- mobil tizimlarini dasturlash;

- sun’iy intellekt.

Hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma fakultetda talabalar 1-2-bosqichlarda TATUda tahsil oladi, 3- va 4-bosqichlarda esa o‘qishni BDIRUda davom ettiradi. Fakultetni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ikki tomonlama diplom beriladi.

Qo‘shma fakultetda o‘qish rus tilida olib borilishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning noyabr oyidan universitet huzurida rus tili, matematika, fizika, informatika asoslari va ingliz tili fanlaridan tayyorlov kurslari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!