Taniqli aktyor ikki nafar ayolning nomusiga tekkanlikda ayblanmoqda

Taniqli aktyor ikki nafar ayolning nomusiga tekkanlikda ayblanmoqda

Taniqli Gollivud aktyori, kinoprodyuser, jang san’ati ustasi Stiven Sigal nomusga tekkanlikda ayblanmoqda.

Los-Anjeles prokuraturasi ayni damda ikki holat bilan bog‘liq ishni ko‘rmoqda. Birinchisi aktrisa Rejina Simmons bilan bog‘liq. Aktrisaning aytishicha, 18 yoshligida Stiven Sigal uning nomusiga tekkan. Syomkalardan biri vaqtida Sigal Rejinani kechki ovqatga taklif qilgan. Aktyorning Beverli-Xillzdagi uyida Sigal Simmonsning nomusini toptagan.

Ikkinchi vaziyat esa modeler Faviala Deydis bilan bog‘liq. Sigal 2002 yilda filmlardan birining kastingi vaqtida uning nomusini poymol qilgan. Ayni paytda mazkur holatlar bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: usa.one


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!