Suriya va Livan o‘rmonlarida kuchli yong‘inlar kuzatilmoqda

Suriya va Livan o‘rmonlarida kuchli yong‘inlar kuzatilmoqda

Livan va Suriya hukumati ikki sutkadan buyon davom etayotgan issiq iqlim hamda kuchli shamol natijasida o‘chirib bo‘lmayotgan o‘rmon yong‘inlari bilan kurashmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Livanda poytaxt Bayrut janubidagi Meshref tumanidagi va boshqa dengizga yaqin qishloqlar hududidagi o‘rmonlar yonmoqda.

Mamlakatning Fuqaro muhofazasi bo‘yicha generali Raymon Hattara bir necha o‘n yildan beri Livanda bunday hodisa kuzatilmaganini bildirdi. Seshanbaga o‘tar kechasi yonayotgan o‘rmonlarga yaqin yashovchi aholi vakillari evakuasiya qilingan.

Ichki ishlar vaziri Rayya al-Hasan seshanba tongida Kipr ham o‘rmonlardagi olovni o‘chirishga ko‘mak berishni boshlaganini ma’lum qildi. Kipr o‘rmonlar yong‘iniga qarshi havodan olov ustiga suv sepib kurashmoqda.

Yana bir kuchli yong‘in seshanba tongida Bayrutdan 15 kilometr uzoqlikdagi Metn tumanida boshlangan. Uni o‘chirish uchun harbiy vertlyotlar va fuqaro muhafazasi kuchlari jalb qilingan.

Suriyada o‘rmonlar yong‘inining asosiy o‘choqlari dushanbada mamlakat shimoli-g‘arbidagi Homse, Tartus va Latakiya viloyatlarida ekani qayd etilgan. O‘rmonlar yonishini o‘chirish uchun u yerga janubiy provinsiya o‘t o‘chiruvchilari yuborilgan. Tartus viloyatining o‘zida yong‘inning 55 o‘chog‘i borligi aniqlangan va ularning hammasi aholi yashovchi hududlardan uzoqda joylashgan.

«O‘rmon yong‘inlarining asosiy qismi o‘chirilgan, biz olovning yonayotgan qismi bilan kurashyapmiz», — deya ta’kidlagan viloyat gubernatori.

Livandagi kuchli yong‘inlarga issiq iqlim sharoiti va kuchli shamol sabab bo‘lgan. Havo harorati Bayrutda oktyabr oyi uchun rekord 35 darajaga chiqqan, Suriyada ham termometrlar havoning 30 gradusdan yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

Homs viloyatida ham yong‘inlarning asosiy qismi 80 foiz fuqaro muhofazasi va o‘t o‘chiruvchilarning sa’y-harakatlari evaziga o‘chirilgan. Mahalliy hokimlik yaqin soatlar ichida yong‘inlar butunlay bartaraf qilinishini va’da qilgan.

Latakiya viloyatida ham o‘t o‘chiruvchilar yong‘in o‘choqlari bilan kurashmoqda. Seshanba tongida viloyatdagi o‘nlab tumanlardagi o‘rmon olovlari o‘chirilgan.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!