Sud Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgarishsiz qoldirdi

Sud Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgarishsiz qoldirdi

4 dekabr kuni Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva va boshqalarga nisbatan sud jarayonlari davom ettirildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalgi sud majlisida sudlanuvchi G.Yo‘ldoshevaning advokati sudga iltimosnoma kiritib, himoyasi ostidagi shaxsga qo‘llanilgan uy qamog‘i ehtiyot chorasini munosib xulq-atvorda bo‘lish tarzidagi ehtiyot chorasiga o‘zgartirishni so‘ragan edi.

4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida mazkur masala muhokama qilindi. Raislik qiluvchining ajrimi bilan, sudlanuvchi G.Yo‘ldoshevaning advokati kiritgan iltimosnoma rad etildi va ehtiyot chorasi aslicha (uy qamog‘i) qoldirildi.

Bugungi sud majlisida dastlabki sud prosessida qatnashmagan fuqaroviy da’vogar vakili ham ishtirok etdi.

Shundan so‘ng sudlanuvchilarga nisbatan e’lon qilingan ayblov xulosasi bilan tanishtirish uchun prokurorga so‘z berildi.

Prokuror barcha ayblanuvchilarga nisbatan tergov organi e’lon qilgan ayblov xulosasini o‘qib eshittirdi.

Sud 11 dekabrga qadar tanaffus e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!