Stanislav Cherchesovga Qozog‘istonda qozoq tilida savol berishlari yoqmadi

Stanislav Cherchesovga Qozog‘istonda qozoq tilida savol berishlari yoqmadi

Qozog‘iston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesovga matbuot anjumanida unga qozoq tilida savol berilgani yoqmadi.

Murabbiy va jurnalist o‘rtasida quyidagi muloqot bo‘lgan, deb yozadi Tengri Sport:

Cherchesov: Kechirasiz, siz qayerdansiz?

Jurnalist: Men Qozog‘istondanman.

Cherchesov: Nega menga bunday murojaat qilyapsiz? Sizga osetin tilida javob bera olamanmi?

Jurnalist: Davom et, javob ber.

Cherchesov: Lekin hech kim tushunmaydi.

Cherchesov qozoq tilida berilgan navbatdagi savoldan keyin Qozog‘iston futbol federasiyasi prezidenti Adilet Barmenkulovdan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi.

Nashrning eslashicha, 2019 yilda Rossiya terma jamoasi bilan Ostonaga tashrifi chog‘ida Stanislav Cherchesov qozoqchani tushunishini va tarjimonga muhtoj emasligini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!