Sirdaryodagi janjal oqibatida bir erkak halok bo‘ldi

Sirdaryodagi janjal oqibatida bir erkak halok bo‘ldi

Sirdaryo. 2020 yil 03 yanvar kuni soat 18:30 larda, Oqoltin tumani, Binafsha mahallasida 24 yoshli I.YU. va 53 yoshli N.M. mast holatda bo‘la turib, o‘zaro janjallashib qolgan, janjal davomida I.YU. qo‘llari va oyoqlari bilan urib-tepib N.M. ga tan jarohatlari yetkazgan. Natijada N.M. Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, ammo unga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan, Oqoltin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi, 3-qismi, “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.YU. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” extiyot chorasini qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!